Mamlakatimizda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom” haftaligi bo‘lib o‘tadi
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan joriy yil 3-10-mart kunlari mamlakatimizda “Ayolga ehtirom” haftaligi o‘tkaziladi. Haftalik doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar, islohotlarning amaliy natijalarini o‘zida mujassam etgan media-tanlovlar va tadbirlar o‘tkazish nazarda tutilgan.
Haftalik doirasida jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimlari tashkil etiladi.
Uzoq yillar vazirlik va idoralarda ishlab fidoyilik, vatanparvarlik, ibrat namunasini ko‘rsatib xizmat qilgan nuroniy onaxonlar, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hamda muzeylar, tarixiy maskanlar, obidalar, ziyoratgoh va qadamjolar, teatr, konsert, kino, ko‘ngilochar maskanlarga imtiyozli asosda tashriflari bo‘lib o‘tadi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan turli kitob va risolalar taqdimotlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ona — oilamiz timsoli, mehr bulog‘i” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazish nazarda tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar ishtirokida “Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni”, “Ona – mehr bulog‘i”, “Men onam bilan faxrlanaman”, “Yurt taraqqiyotiga mening hissam” mavzularida fleshmob va chellenjlar tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring