Mamlakat birinchiligida eng kuchli bokschilarimiz aniqlandi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi. Kunning ikkinchi yarmida erkaklar oʻrtasidagi 13 ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.
Natijalarga toʻxtaladigan boʻlsak, -51 kg vazn toifasi finalida aka-uka Hasanboy va Faryozbek Doʻsmatovlar toʻqnash kelishi kerak edi. Biroq hakamlar yarim final jangini qayta koʻrib chiqishgach, Faryozbek diskvalifikatsiya qilindi va oltin medal akasi Hasanboy Doʻsmatovga nasib etdi.
Shuningdek, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Nodirjon Mirzaahmedov, Mirazizbek Mirzahalilov, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev, Lazizbek Mullojonov kabi bokschilar oʻz vazn toifalarida yana bir bor oltin medalga sazovor boʻlishdi.
Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Dilshod Roʻzmetov esa finalda Odiljon Aslonovga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring