Malayziya aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga muntazam parvozlar uchun ruxsat berildi

11:17 07 Fevral 2025 Siyosat
171 0

“Oʻzaviatsiya” agentligi Malayziya, Janubiy Koreya va Misr aviakompaniyalarining Oʻzbekistonga muntazam parvozlariga ruxsat berdi.

Malayziyaning “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga Kuala-Lumpur—Toshkent—Kuala-Lumpur yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Parvozlar Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning “Tʼway Air” aviakompaniyasiga Seul—Toshkent—Seul yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat olgan. Ushbu parvozlar ham Airbus A330 havo kemasida yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek Misrning “Red Sea Airlines” aviakompaniyasiga Sharm-ash-Shayx—Toshkent—Sharm-ash-Shayx yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlar uchun ruxsat berildi. Parvozlar Voeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?