Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki 40 mln dollarlik grant shartnomasini tuzdi

Oʻzbekiston vakillari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etmoqda. Forum doirasida taʼlim sohasiga grant shartnomalari imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.
Ushbu tadbir taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan boʻlib, uning ilk kunidayoq Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.
Bundan tashqari, “Global Partnership for Education” tomonidan ham taʼlim sohasini rivojlantirishga doir grant shartnomasi tuzildi. Loyiha Oʻzbekiston boʻylab 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi, maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash, oʻqituvchilar malakasini oshirish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabilarni oʻz ichiga oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring