Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi 500 ta maktabda yangi baholash imtihonlari oʻtkazildi

18:27 15 Yanvar 2024 Jamiyat
529 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi 500 ta umumtaʼlim maktabida CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari boʻlib oʻtdi. Unda mazkur maktab oʻquvchilarining ikkinchi chorak yakuniy bilimlari yangi baholash tizimi orqali sinaldi.

Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda oʻzbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.

Bunda oʻquvchilar choraklik davomida olgan bilimlarini tegishli fanlarga oid berilgan test savollariga toʻgʻri javobni belgilash orqali sinovdan oʻtkazdi. Maktablarga test savollari kitobchalari va javoblar varagʻi toʻliq yetkazib berildi.

Imtihon jarayonlari vazirlik hamda sohadagi tegishli mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi.

Maʼlumot uchun: yangi baholash tizimi ikki turga — summativ va formativ baholash tizimiga boʻlinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер