Maktab muammosiga homiylik yoʻli bilan yechim topildi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro tumanidagi sport zaliga ega boʻlmagan umumtaʼlim maktablari soni bittaga qisqardi. Navroʻz ayyomi kunlarida Arabxona mahallasida joylashgan 19-sonli maktabda zamonaviy sport inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.
Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi “AKSA Enerji Bukhara” xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik muammosi kun tartibidan tushdi. Sport zalini foydalanishga topshirish munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda mahalla faollari, oʻqituvchilar, xorijiy korxona vakillari qatnashdi. Unda soʻz olganlar bu inshoot yurtimizda chet ellik investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar mahsuli ekanligini taʼkidladi.

“AKSA Enerji Bukhara” korxonasiga kelsak, u gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi sanaladi. Korxona turkiyalik sarmoyadorlar mablagʻi evaziga 2022-yilda ish boshlagan. Maʼlumotlarga qaraganda, umumiy qiymati 150 million AQSH dollariga teng mazkur loyiha sharofati bilan minglab xonadonlar, katta-kichik korxonalar elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring