Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukrainaga ketayotgan poyezd vagonida koʻrinish bergan video keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.
Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.
Shu qatorda “Liberation” gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori tiniqlikdagi foto va videolarni nashr etdi. Shuningdek, nashr Makron oldidagi gʻijimlangan qogʻoz qogʻoz sochiqcha, Mers oldidagi esa tish kovlagich yoki qahva aralashtirgich boʻlishi mumkinligini qayd etdi.
“Bu ikkala rahbar ham ushbu obyektlar uchrashuv suratlarida abadiylashishini istamaganini anglatadi”, — deyiladi nashrda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring