Maxachqalʼadagi koʻp qavatli uylardan birida portlash sodir boʻldi
Foto: Rossiya FVV
Rossiyaning Maxachqalʼa shahridagi koʻp qavatli uylardan birida gaz portlashi sodir boʻldi.
Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlangan. Shu bilan birga, shahar hokimligi binoda odamlar yashamasligi kerakligini taʼkidladi. Chunki ushbu koʻp qavatli uy noqonuniy qurilgan binolar reestriga kiritilgan. “RIA Novosti” xabariga koʻra, portlashdan soʻng u yerda yongʻin ham kelib chiqqan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, portlash yettinchi qavatdagi kvartirada sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlangan. Ulardan biri portlash sodir boʻlgan xonadon egasidir. A.V.Vishnevskiy nomidagi Respublika klinik shifoxonasi kuyish markazi boshligʻi Magomed Ahmedovning aytishicha, ayolning ahvoli ogʻir, boshqa jabrlangan erkakning ahvoli esa oʻrtacha ogʻirlikda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 150 kishi oʻz xonadonlaridan evakuatsiya qilingan. Maxachqalʼa maʼmuriyatiga koʻra, ular vaqtinchalik joylashtirish markaziga joylashtiriladi.
Portlash oqibatida qoʻshni beshta koʻp qavatli uyning oynalari va hovlida turgan 50 ta avtomobilga qisman shikast yetgan.
Shahar maʼmuriyatining aniqlik kiritishicha, mutaxassislar portlash sodir boʻlgan binoni vayronagarchilik darajasi va qoʻshni binolar uchun ehtimoliy xavflarni aniqlash uchun koʻzdan kechirmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlashga gaz sizib chiqishi sabab boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring