Mayk Tayson dunyoning eng yaxshi bokschisi nomini maʼlum qildi

22:10 16 Yanvar 2023 Sport
1536 0

Foto: Reuters

Afsonaviy bokschi Mayk Tayson amerikalik Jervonto Devisni dunyoning eng yaxshi bokschisi deb aytdi.

“U ham afsonaga aylanadi, agar mushtlashishni davom ettirsa”, deydi sobiq chempion.

Shu yilning 7-yanvar kuni 28 yoshli Devis Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi boʻyicha yengil vazn toifasida chempionlik unvonini himoya qildi. U dominikalik Gektor Luis Garsiyani texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratdi.

Oʻtgan yilning 28-dekabr kuni Devis oʻz uyida zoʻravonlik qilgan ayblovi bilan hibsga olingan. Sportchi aybini tan olmadi hamda garov evaziga qoʻyib yuborildi. Devis professional faoliyati davomida 28 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻalabaga erishgan. U 26 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер