Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga oid qonun koʻrib chiqildi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning oʻn ikkinchi yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Senatorlar ushbu Qonunni qabul qilish zaruratiga alohida eʼtibor qaratdi. Xususan, ushbu zarurat yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi, uning qoidalari bir xilda qoʻllanilishi uchun amaldagi qonun hujjatlari normalarini unga muvofiqlashtirishdan kelib chiqmoqda.
Mazkur Qonunda mahalliy Kengash raisi va hokimlar lavozimlari bir-biridan ajratilganligi sababli 9 ta kodeks va 69 ta qonun qayta koʻrib chiqilib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan vakolatlar mahalliy vakillik va ijro organlari oʻrtasida ixtisoslashtirish nazarda tutilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari kuchli kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim tamoyili asosida vakillik va ijro organlari oʻrtasida aniq taqsimlanayotganligi, mahalliy Kengash va hokimliklarning faoliyatiga xos boʻlmagan va respublika ijro etuvchi organlar vakolatlariga oid takrorlanuvchi 8 ta vazifa bekor qilinayotganligi muhokamalar davomida senatorlar tomonidan taʼkidlandi.
Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarining keyingi bosqichi amalga oshirilishiga, Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelining toʻliq amalga oshishiga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring