Mahalliy hokimliklar tomonidan 629 ta obyektni Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritish boʻyicha taklif berilgan

15:36 02 Dekabr 2022 Jamiyat
822 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova maʼlum qildi.

2022-yilda ISESCO (Xalqaro Islom tashkiloti) tomonidan Buxoro shahrida joylashgan 7 ta madaniy meros obyekti Butun jahon Islom olami durdonalari roʻyxatiga kiritildi.

Madaniy meros agentligining Obyektlardan foydalanish, raqamlashtirish va davlat-xususiy sherikchilikni joriy etish boshqarmasi tomonidan 2022-yil 15-oktyabrga qadar respublikamiz hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan 8210 ta madaniy meros obyektlarida 1002 ta ijara shartnomasi tuzilgan.

Madaniy meros obyektlarida davlat nazoratini olib borish yuzasidan 2208 ta obyektda monitoring olib borildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?