Mahalliy hokimiyat organlarining sogʻliqni saqlash boʻyicha vakolatlari nimalardan iborat?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari sogʻliqni saqlash sohasidagi quyidagi vakolatlarga ega:
— sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qiladi;
— sohadagi qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlaydi;
— tizimning boshqaruv organlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
— oʻz hududidagi tibbiyot muassasalari faoliyati uchun tegishli binolarni ajratadi, taʼmirlash ishlarini tashkil qiladi;
— birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etadi, ulardan aholi teng foydalana olishini taʼminlaydi;
— sogʻliqni saqlash xarajatlarini moliyaviy taʼminlashning oʻz manbalarini shakllantiradi;
— sogʻliqni saqlash sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
— aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan taʼminlashda ishtirok etadi;
— aholi oʻrtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda oʻtkazishda ishtirok etadi;
— fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini taʼminlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
— sogʻliqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;
— nogironligi boʻlgan shaxslar va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning salomatligini tiklaydigan muassasalar tashkil etadi va ular faoliyatini taʼminlaydi;
— onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
— sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi sharoitlar yaratadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari sogʻliqni saqlash sohasidagi qonunchilikka muvofiq yana boshqa vakolatlarni amalga oshirishi ham mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring