Mahallada hech kim yolgʻizlanib qolmaydi
Foto: Xalq so‘zi
Hayot hamma vaqt ham insonning boshini silayvermaydi. Ana shunday mushkul pallada xol-ahvol soʻrab, yordam qoʻlini choʻzuvchi xayrixohlarning boʻlgani kishiga dalda, kuch beradi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi bu borada minglab hamyurtlarimiz joniga oro kirmoqda, desak yanglishmaymiz.
Xususan, Andijon viloyati Boʻston tumanidagi “Doʻstlik” MFYda istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Habibaxon Haydarova turmush oʻrtogʻining betobligi, qolaversa, oʻzining ham kun sayin madori qolmayotgani bois davolanishga qaror qildiyu, biroq roʻzgʻordan orttirib pul topa olmadi. “Mahalla” fondi tomonidan bu oilaga zarur mablagʻning ajratilishi tufayli er-xotin salomatligini tikladi.
— Tumanimizda Habibaxon singari eʼtibor va koʻmakka muhtoj xotin-qizlar soni yetmishdan ziyodni tashkil etmoqda, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Boʻston tuman boʻlinmasi xodimi Kumushoy Murodova. — Ularning holidan oʻz vaqtida boxabar boʻlib kelayotgan fond tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 82 mln. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi. 1- va 2-guruh nogironligi boʻlgan 119 nafar hamyurtimizga esa davolanishlari uchun 42 mln. 750 ming soʻm mablagʻ ajratildi. Bundan tashqari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tarkibiga kiruvchi, ehtiyojmand oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatilmoqda. Maqsadimiz esa yagona – mahalladagi eʼtiborga molik oilalarni yolgʻizlatib qoʻymaslik!
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring