MAGATE Zaporojye AES nazoratining Rossiyaga oʻtkazilishi yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazadi

23:57 05 Oktyabr 2022 Dunyo
794 0

Arxiv surat

MAGATE direktori Rafael Grossi Zaporijye Atom elektr stansiyasi (AES) nazoratini Rossiyaga oʻtishi boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazadi.

Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Zaporijye atom elektr stansiyasi ustidan nazorat Rossiyaning tegishli idoralariga oʻtkazilishi haqidagi xabardan soʻng tegishli organlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi. Bu haqda agentlikning rasmiy bayonotida aytiladi.

«Rafael Grossi Rossiya Zaporojye atom elektr stansiyasi ishini nazorat qilishni rejalashtirayotgani haqidagi bugungi xabardan soʻng tegishli tomonlar bilan maslahatlashishini aytdi», — deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq stansiya xodimlari oltita reaktordan birini qayta ishga tushirishga hozirlik koʻrayotgani maʼlum boʻlgan edi. Bu kamaytirilgan quvvatda amalga oshiriladi, u AES ehtiyojlari uchun bugʻ va issiqlik ishlab chiqarishga moʻljallangan.

Shu yilning 5 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Zaporijye AES obyektlarini federal mulkka olish boʻyicha farmonni qabul qildi. Ushbu hujjat matnida hukumat yadroviy obyektlarni federal mulkka qabul qilinishini taʼminlashi kerakligi aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?