“Maersk Air Cargo” yuk aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

05:52 23 Mart 2023 Jamiyat
661 0

21-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:45 da Daniyaning “Maersk Air Cargo” yuk aviakompaniyasining samolyoti Navoiy xalqaro aeroportiga qoʻnib, Billund – Navoiy – Xanchjou – Navoiy – Billund yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonga parvozlarni boshlab berdi.

“Bu yilgi Navroʻz sovgʻalarga boy. Bir kunda birdaniga uchta aviakompaniyaning samolyotlarini kutib oldik. Yuk tashish sohasida jahon giganti hisoblangan Maersk Group logistika guruhi bilan hamkorlik qilish Oʻzbekiston aeroportlari, hususan Navoiy aeroporti uchun juda muhim loyiha. Bir necha oy muzokaralar olib borildi, shartlar muhokama qilindi va nihoyat, 21-martdan Oʻzbekiston orqali parvozlar boshlandi”, dedi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.

“Maersk Air Cargo” reyslari haftasiga olti martadan boshlandi, keyinchalik reyslar haftasiga 36-martagacha koʻpayadi. Boeing 767 yuk samolyotlari Daniyadan Oʻzbekiston orqali Xitoyga va ortga uchadi. “Navoiy” aeroporti aviakompaniya samolyotlarini texnik qoʻnish, yonilgʻi quyish va ekipajni almashtirish uchun oʻtkazish punktiga aylanadi.

“Maersk Air Cargo” shtab-kvartirasi Billund shahrida joylashgan Daniya yuk aviakompaniyasidir. Kompaniya 2022-yilda “Maersk” logistika guruhi tarkibiga kiruvchi Star Air aviatashuvchisi negizida tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?