Madrimov 22 ta jangining 21 tasini “nokaut” bilan tugatgan bokschiga qarshi ringga koʻtariladi
Mashhur promouter Turki Al ash-Sheyx boshchiligidagi tashkilotchilar 2025-yilning 22-fevral kuniga belgilangan yana bir katta boks oqshomini rasman eʼlon qilishdi. Markaziy jang revansh maqomidagi boʻlib, Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol oʻrtasida tashkil etiladi.
Eʼtiborlisi shundaki, oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi Isroil Madrimov ushbu yulduzli boks oqshomida oʻzining yana bir katta jangini oʻtkazishi kutilmoqda. Hamyurtimiz amerikalik mashhur bokschi, birinchi oʻrta vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempioni Verjil Ortisga qarshi ringga koʻtariladi.

26 yoshli Verjil Ortis shu vaqtga qadar profboksda 22-marta ringga koʻtarilib, barcha jangda gʻalaba qozongan. U janglarining 21 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Ortic oʻzining oxirgi jangini shu yilning avgust oyida ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi oʻtkazib gʻalabaga erishgan edi.
29 yoshli Isroil Madrimov esa profboksda 10-1-1 rekordiga ega. Madrimov oʻzining oxirgi jangida amerikalik Terens Kroufordga qarshi oʻtkazgan va ochkolar evaziga magʻlubiyatga uchragan edi.
Eslatib oʻtamiz, Isroil Madrimov Verjil Ortisga qarshi chempionlik jangidan oldin shu yilning 21-dekabr kuni ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi jang qiladi. Ushbu jang ogʻir vazndagi superyulduzlar Tayson Fyuri va Aleksandr Usik jangi doirasida boʻlib oʻtishi moʻljallangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring