Madaniyat vazirligida tayinlov amalga oshirildi

09:08 30 Noyabr 2020 Jamiyat
1466 0

Nurbek Shukurov Madaniyat vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ushbu lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Nurbek Shukurov Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. 2016-yildan boshlab shu kunga qadar prokuratura organlari tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

N.Shukurov 2020-yil fevral oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер