Madaniy merosni saqlashda kino va medianing o‘rni
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Bugun Samarqand sayyohlik markazida joylashgan Kongress hollda “Madaniy merosni saqlashda kinoning o‘rni” mavzusida Anjuman bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida bir qator madaniy loyihalarning taqdimoti o‘tkazildi.
Anjumanga Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov moderatorlik qildi. Kunning birinchi qismida ishtirokchilar uchun Islom sivilizatsiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan “Arab tili evolyutsiyasi”, “Masjid”, “Sehrli ko‘za”, “Baqtriya tarixi”, “Klavixo”, “Xudoybergan Devonov va nemis mennonitlari” “Muxtor Avezov” videoroliklar turkumi loyihalari, shuningdek “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumiga oid hujjatli filmlar taqdimotlari o‘tkazildi.
/samarqand/25e6072e6e5797e51c016dcdf029308f0826.jpg)
Kunning ikkinchi qismida TURKSOY forumining asosiy OAV faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Uning doirasida turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda OAVning o‘rni, bundan tashqari OAVning madaniy merosga o‘zaro ta’siri, kontentni birgalikda ishlab chiqarishning qiyinchililari va imkoniyatlari, turizm va milliy brendingni rivojlantirishda OAVning roli, turkey dunyo mamlakatlari kino va OAV uchun yagona platforma yaratish masalalari kabi mavzular muhokama qilindi.
/samarqand/aa0ce851d13b900f949a67306caf68bd0826.jpg)
Kun yakunida turkiy dunyo davlatlarining yagona kino-media platformasini yaratish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi hamda TURKSOY forumining “Yangi uyg‘onish davri: kino va OAV madaniy merosni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida” rezolyutsiyasi qabul qilindi va yig‘ilish bayonnomasi tuzildi.
Ma’lumot uchun TURKSOY xalqaro forumi “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori” VIII xalqaro kongress doirasida o‘tkazildi.
/samarqand/ab901d6a115f96dbadd6bc94b0e1832d0826.jpg)
Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
/samarqand/af368a239f0b7de43a8328a1bad067fc0826.jpg)
/samarqand/ca33ddb85d9cb67be4ab79cef2f6a8350826.jpg)
/samarqand/e36f6d500a935e036958b92c06eea3350826.jpg)
/samarqand/fafa35a7f339e5cd99a9888fb7eff93c0826.jpg)
/samarqand/ff5c268e5699625c155c83d11a310f280826.jpg)
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring