“Loong Air” Sian va Toshkentni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻladi

15:01 10 Fevral 2023 Jamiyat
423 0

10-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:57da Xitoyning “"Loong Air” aviakompaniyasining Sian shahridan, bortida 150 nafar yoʻlovchi bilan uchgan samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Anʼanaga koʻra, ekipaj va yoʻlovchilar terminalda aviatashuvchi, “Uzbekistan Airports” hamda Turizm va madaniy meros vazirligi vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loong Air — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi boʻlib, yoʻlovchi va yuk havo tashuvlarini amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?