Logistika markazi qurilishi muhokama qilindi
Andijon viloyatiga China State Railway Group Co., Ltd kompaniyasi bosh direktori oʻrinbosari Van Lisin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Safar davomida “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli loyihasi doirasida barpo etilishi rejalashtirilgan logistika markazi haqida taqdimot oʻtkazildi. Shuningdek, markaz uchun ajratilgan hududda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlikdagi yirik tashabbus mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash, Markaziy Osiyo davlatlari transport koridorlarini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, mintaqaning xalqaro tranzit markazi sifatidagi oʻrni va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mehmonlar tashrif jarayonida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hamda Bobur muzeyida boʻlib, hududning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring