“Liverpul” muxlislari uchun “noxush” yangilik: Ilon Mask klubni sotib oladimi?
Bir qancha yirik nashrlar dunyoning eng boy odami Ilon Mask “Liverpul” klubini sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar chop etilmoqda. Matbuotga sizdirilayotgan ushbu xabarlar yuzasidan “qizillar” rahbariyati ayrim tafsilotlarni ochiqladi.
Klub egalari Ilon Maskdan klubni sotib olish borasida hech qanday taklif kelib tushmaganligini maʼlum qilgan. Bu haqida “Sky Sports” nashri xabar qildi.
Maskning ingliz klubini sotib olmoqchi ekanligi haqidagi xabarlar uning otasi Errol Maskning intervyusidan soʻng ommalashib ketgan edi.
“U klubni sotib olishni xohlaydi. Har kim xohlaydi, men ham xohlardim. Uning buvisi Liverpulda tugʻilgan va bizning Liverpulda qarindoshlarimiz bor. Ular oilamning bir qismi bilan birga oʻsgan. Demak, biz Liverpulga bogʻlanganmiz”, degandi u.
“Fenway Sports Group” xoʻjayini Jon Anri klub hozircha sotilmasligini, sotishdan hech qanday manfaat koʻrmayotganini taʼkidlagan, deyiladi xabarda.
Maʼlumotlarga koʻra, “Liverpul” 2010-yildan beri “Fenway Sports Group”ga tegishli. “Forbes” jurnalining soʻnggi bahosiga koʻra, “qizillar” dunyodagi toʻrtinchi eng qimmat futbol klubi boʻlib, narxi 4,3 milliard funt sterlingni tashkil qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring