“Liverpul” “Bavariya” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Angliyaning “Liverpul” klubi “Bavariya”ning fransiyalik hujumchisi Maykl Oliseni oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda “Caught Offside” nashri xabar berdi.
Manbada yozilishicha, “mersisaydliklar” ushbu futbolchining transferi uchun 100 million yevro toʻlashga tayyor. “Liverpul” Oliseni 2027-yil jamoa bilan shartnomasi yakunlanadigan Muhammad Salaxga oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda.
Lekin hozircha bu borada “Bavariya” hech qanday reaksiya bildirgani yoʻq. Olisening Myunxen klubi bilan shartnomasi toʻrt yillik.
Maʼlumot uchun, “Bavariya” fransuz futbolchisini 2024-yilning yozida “Kristal Pelas”dan sotib olgandi. 2024/25-yilgi mavsumda Olise barcha musobaqadagi 55 oʻyinda maydonga tushib , 20 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring