“Liverpul” afsonasi Eldor Shomurodovning yangi ustozi boʻlishi mumkin
Mashhur nemis mutaxassisi Yurgen Klopp katta futbolga murabbiy sifatida qaytishga qaror qildi. “La Stampa” nashrining yozishicha, u Italiya “A” Seriyasining “Roma” klubi bilan kelishuvga erishgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Klopp joriy mavsum yakunida Rim klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etayotgan Klaudio Ranerining oʻrnini egallaydi. Bu “Roma” safida toʻp surayotgan Eldor Shomurodov uchun katta imkoniyat boʻlishi mumkin.
Yurgen Klopp 2024-yil yozida uzoq yillik faoliyatdan soʻng “Liverpul” klubini tark etgan edi. U “Enfild”da 9-yil davomida ishlagan va bu davrda klub bilan Chempionlar Ligasi, Angliya Premer Ligasi va boshqa nufuzli sovrinlarni qoʻlga kiritgan.
2025-yil boshidan Klopp “Red Bull” kompaniyasining futbol tizimida faoliyat yuritayotgan edi, ammo endi murabbiylik faoliyatiga qaytish uchun bu lavozimni tark etishga qaror qilgan.
Ayni paytda “Roma” Italiya “A” Seriyasi turnir jadvalida 5-oʻrinni egallab turibdi. Klub 66 ochko bilan Chempionlar Ligasi yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Agar chempionatning yakuniy turida “Roma” “Torino” ustidan gʻalaba qozonsa va “Yuventus” “Venetsiya”ga qarshi bahsda ochko yoʻqotsa, rimliklar YECHL yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin.
Agar Klopp rasmiy ravishda “Roma” bosh murabbiyiga aylansa, bu klub uchun yangi bosqich boʻladi. Ayniqsa, jamoa tarkibidagi yosh va isteʼdodli futbolchilarning, xususan Eldor Shomurodovning oʻyini yanada yuqori darajaga koʻtarilishi kutilmoqda. Yurgen Kloppning tajribasi va liderlik qobiliyati “Roma”ga sport natijalari va jamoaviy ruh borasida katta hissa qoʻshishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring