Lazizbek Mullajonov tojikistonlik raqibini nokdaunga uchratgan jangda Parij Olimpiadasi finaliga chiqdi!

21:17 04 Avgust 2024 Sport
774 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Lazizbek Mullajonov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.

-92 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi uchinchi jangida ham gʻalabaga erisha oldi.

Mullajonov yarim final bahsida Tojikiston vakili Davlat Boltayevga qarshi ringga koʻtarildi. Qiziqarli kechgan bahsning birinchi va uchinchi raundlarida 3:2 hisobida yenggan Lazizbek, ikkinchisida hatto raqibini nokdaun holatiga ham tushira oldi.

Finalda esa unga Ozarbayjon vakili Alfonso Domingiz raqiblik qiladi. Final 9-avgust kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, Hasanboy Doʻsmatov -51 kg vazn toifasida finalga chiqqandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер