Lavandazordagi unutilmas goʻzallik

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon shahrining “Toshkentliguzar” MFYda joylashgan Lavanda bogʻida tashkil etilgan festival viloyat boʻylab keng quloch yozmoqda. Fargʻona shahridagi Ekoshahar, Qoʻqon shahrida joylashgan tarixiy Oʻrda maydonida ham ishtirokchilar lavanda bogʻlarining betakror goʻzalligidan bahramand boʻlish, maxsus retsept asosida tayyorlangan lavandali taomlar, muzqaymoq va salqin ichimliklardan tatib koʻrish, lavandazordagi unutilmas fotosessiyalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
“Toshkentliguzar” MFYda joylashgan “Mehrigiyo” MCHJda dorivor oʻsimliklar yetishtirilib, qayta ishlanadi hamda inson salomatligi, goʻzalligi uchun yuqori sifatli organik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Hozirda 300 ta ish oʻrni yaratilgan korxonada 50 turdan ortiq tabiiy va ekologik toza mahsulotlar tayyorlanadi.
— Mahsulotlarimizga oʻzimizning bogʻda yetishtiriladigan va laboratoriyalarimizda sinovdan oʻtkaziladigan 100 dan ziyod xom ashyo qoʻshiladi, — deydi korxona rahbari Xondamir Nuriddinov. — Bugungi kunda korxona mahsulotlari AQSH, Janubiy Koreya, BAA, Rossiya, Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Yaqinda Germaniya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni bilan savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Korxonaning ilmiy–tajriba maydonlarida papaya, guava, goji, lavanda, rozmarin, zaytun, Damashq atirguli singari yuzlab turdagi noyob dorivor oʻsimliklar parvarishlanmoqda. Oʻz navbatida banan, apelsin, kivi, mandarin kabi sitrus mevalar, xandon pista, oq qayin mahalliy iqlim sharoitida muvaffaqiyatli oʻstirilib, hosil olinayotgani hayratga soladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring