Kutubxona fondida 1000 dan ziyod turli adabiyotlar jamlandi
Fargʻona viloyati hokimligida tashkil etilgan kutubxona tobora rang-barang mavzudagi kitoblar bilan boyib bormoqda. Ayni paytda bu ziyo maskanida kitob fondi 1050 nusxaga yetib, mutolaa ishqibozlari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, badiiy va ilmiy tafakkurini kengaytirish uchun muhim omil boʻlib xizmat qilayotir.
Aytish joiz, kutubxona fondining asosiy qismini oʻzbek adabiyotiga oid durdona asarlar tashkil etadi. Bu kabi noyob va sevimli kitoblar ichida xalqimiz maʼnaviy merosiga aylangan asarlar, klassik va zamonaviy yozuvchilar ijodi, sheʼriyat hamda nasr namunalarini uchratish mumkin.

Oʻz navbatida, kitob rastalaridan jahon adabiyotining eng mashhur namoyandalari, xususan, Shekspir, Tolstoy, Dostoyevskiy, Jek London, Xeminguey, Paulo Koelyo va boshqa koʻplab mualliflarning asarlari joy olgan. Bu kitoblar oʻquvchiga turli madaniyatlar, hayot tarzi va dunyoqarashlar olami bilan tanishish imkonini beradi.
— Bugun davlat xizmatchisi uchun kitob mutolaasi kundalik zarur yumushlar sirasiga kiritilishi zarur, — deydi Fargʻona viloyati hokimligi masʼul xodimi Sharofiddin Hakimov. — Shu sababli deyarli har kuni boʻsh vaqtimni kutubxonada oʻtkazib, bu yerga olib kelinayotgan yangi asarlarni oʻqiyman.
Faol kitobxonlik ish unumi, sifatini oshirish, kasb etikasi va muomala madaniyatini yaxshilashda ham muhim ahamiyatga ega.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring