Amudaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik qulab tushdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida 23 mart kuni yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining tayanch qismi qulab tushdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Bu Amudaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prikka olib boruvchi temiryo‘l ko‘prigi hisoblanadi. Ko‘prikning qulashiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas.
Qayd etilishicha, yangi ko‘prik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyati, bosh loyihachi etib «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyati, bosh pudratchi etib «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy bo‘linmalari belgilangan.
Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga temiryo‘l transporti tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish maqsadida Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o‘tuvchi A-380 Gʻuzor–Buxoro–Nukus–Beynev avtomobli yo‘lining 717–718-kilometr oralig‘idan osma ko‘prik o‘tkazilgan.
Ushbu ko‘prikka 14-sonli ko‘prik qurilish otryadi tomonidan vaqtinchalik tayanch balkalar o‘rnatilgan. Mazkur balkalar ko‘prik qurilishida vaqtinchalik vazifa bajaruvchi, yordamchi vosita hisoblanadi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.
Hozirda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahridan tegishli mutaxassislar va laboratoriya xodimlari chaqirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring