Kuchli zilzila sabab Yaponiyada tezyurar poyezd relsdan chiqib ketgan — OAV

22:41 16 Mart 2022 Dunyo
1606 0

Arxiv surat

Yaponiya shimoli-sharqidagi Toxoku liniyasida zilzila tufayli tezyurar «Sinkansen» poyezdi relsdan chiqib ketgan. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Poyezd Fukusima va Siroisidzao shaharlari oʻrtasidagi yoʻnalishda relsdan chiqib ketgan. Buning oqibatida vagonlarning bir qismi egilib qolgan. Hodisa yuz bergan vaqtda poyezdda 100 nafarga yaqin odam boʻlgan. Ular evakuatsiya qilingan. Jabrlanganlar haqida maʼlumot yoʻq.

Avval xabar berganimizdek, bugun mahalliy vaqt bilan 23:36da Yaponiya shimoli-sharqida Tinch okeanida Fukusima prefekturasi yaqinida 7,3 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Uning oʻchogʻi 60 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Yer silkinishidan soʻng sunami xavfi eʼlon qilingan. Zilzila taʼsiri mamlakatning shimoli-sharqidagi va shimolidagi prefekturalari, shu jumladan, poytaxt Tokioda ham kuchli toʻlqinli silkinishlar sezilgan. 

Keyinroq, zilziladan soʻng Yaponiyada 2 milliondan ortiq uy elektr taʼminotida uzilgani, “Fukusima-1” va “Fukusima-2” AESning operatori TEPCO kuchli zilziladan keyin obyektlarga yetishi mumkin boʻlgan zararni oʻrganayotgani haqida xabar bergan edik.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumot yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер