Kuchli chang boʻroni sababli Buxoro aeroportida samolyotlarni qabul qilish cheklandi

13:05 24 Dekabr 2023 Jamiyat
264 0

Noqulay ob-havo sharoiti – kuchli chang boʻroni, koʻrish masofasining 500m gacha pasayishi sababli “Buxoro” aeroportida soat 11:40 gacha havo kemalarini qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Shu munosabat bilan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha HY21 reysi mahalliy vaqt bilan soat 08:56 da Navoiy shahridagi muqobil aerodromga qoʻndi. Yoʻlovchilar yer usti transportida Buxoroga yetkazilgan.

Shuningdek, bugungi HY285/286 reyslari oʻzgartirilgan jadval va yoʻnalish boʻyicha amalga oshiriladi:
HY285 Navoiy – Istanbul, joʻnash mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da.
HY286 Istanbul – Buxoro, joʻnash mahalliy vaqt bilan soat 19:15 da, Buxoroga yetib kelish 23:25 da.
HY22 Buxoro – Toshkent, joʻnash mahalliy vaqt bilan soat 00:01 da, Toshkentga yetib kelish soat 01:00 ga rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?