Krishtianu Ronaldu Mister Beastʻga “tahdid qildi”
Foto: Goal.com
UEFA Millatlar Ligasi matbuot anjumanida Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu ikki yil ichida Mister Beastʻning “YouTube”dagi obunachilar sonidan oshib ketishga harakat qilishini bildirdi. Bu haqda “News Bytes” nashri yozmoqda.
Qayd etish kerakki, Krishtianu yaqindagina “YouTube” platformasida yaqindagina oʻz shaxsiy kanalini ochgan va qisqa vaqt ichida juda koʻp obunachiga ega boʻlgan edi. Ronalduning ushbu soʻzlari AQSHlik vloggerga oʻziga xos “tahdid” sifatida tahlil qlinmoqda.
“Men Mister Beastʻni magʻlub etishim kerak”, degan “An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi.
Maʼlumot uchun, ayni damda Ronalduning kanalida 56 milliondan ziyod obunachi bor. Mister Beastʻda esa deyarli 313,5 million taʼqibchi bor.
Krishtianu Ronaldu “YouTube”dagi kanalini 21-avgust kuni ochgan. Dastlabki 24 soat ichida portugaliyalik forvardning kanaliga deyarli 20 million kishi obuna boʻldi. Aynan shu natija sabab, futbolchi Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring