Kreml «kuchli Yevropa» harakatidan tashvishlanmoqda
Foto: AFP
Shu yilning 18-iyul kuni ikkinchi muddatga saylangan Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen kelgusi besh yil ichida transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun «Yevropa havo qalqoni»ni tuzib, qitʼa mudofaa ittifoqini tashkil etishga umid bildirdi.
«Biz ushbu yirik loyihalar barcha uchun ochiq boʻlishini taʼminlaymiz va ularni imkon qadar tezroq loyihalash, qurish va Yevropa zaminida joylashtirishni taʼminlash uchun barcha meʼyoriy va moliyaviy vositalardan foydalanamiz», degan Yevropa Komissiyasi raisi.
Kreml bundan tashvishlanib, Lyayenning taklifini Yevropanining militarizatsiyalashuvi ekanligini taʼkidladi.
«Bu taklif Yevropa Ittifoqining harbiy rang-barangligini namoyish etadi. Uning militarizatsiyasi keskinlikning kuchayishi, tashqi siyosatda qarama-qarshilik usullariga tayanishini koʻrsatadi. Bu bizni tashqi siyosatdagi yondashuvlarimizni shunga mos ravishda toʻgʻrilashga majbur qiladi», deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
720 oʻrinli Yevropa parlamentda 401 ta ovoz yigʻib oʻz lavozimida qolgan fon der Lyayen bunday noaniqlik davrida kuchli Yevropa zarurligini taʼkidlab, birinchi oʻringa xavfsizlikni qoʻydi.
Shuningdek, u uy-joy inqirozini hal qilish, Yevropa Ittifoqining «Frontex» chegara agentligini mustahkamlash va dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun yangi tuzilma yaratishni reja qilgan.
Germaniyaning sobiq mudofaa vaziri Yevrokomissiyani 2019-yildan beri boshqarib kelmoqda va bu lavozimni egallagan birinchi ayol hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring