“Kosmosdan gapiramiz”: “Netflix” endilikda kosmik harakatlarni jonli efirga uzatadi

Illyustrativ foto
“Netflix” kompaniyasi AQSH Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq etish boshqarmasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda NASA maʼlum qildi.
Endilikda kompaniya NASA bilan hamkorlikda kosmik harakatlarni jonli efirga uzatadi. Hamkorlik doirasida striming xizmati raketa uchirishlari, astronavtlarning ochiq fazoga chiqishlari hamda Xalqaro kosmik stansiyadan jonli lavhalarni translyatsiya qiladi.
“1958-yildagi Milliy aeronavtika va kosmik qonuni bizni kosmik tadqiqotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni imkon qadar keng auditoriya bilan baham koʻrishga chaqiradi”, degan NASA bosh menejeri Rebekka Sirmons.
Ushbu hamkorlik orqali NASAning ilm-fan va tadqiqot sohasidagi ishini yanada qulayroq qilib, agentlikka “Netflix” 700 milliondan ortiq odamni qamrab oladigan zamonaviy media landshaftida global auditoriya bilan aloqani kuchaytirish va ilhomlantirish imkonini beradi.
Loyihaga koʻra, bu yozdan boshlab “Netflix” platformasi orqali nafaqat raketa startlari va fazogirlarning kosmosdagi chiqishlari, balki turli missiyalar haqida maxsus reportajlar va XKSdan Yer sayyorasining hayratomuz manzaralari ham jonli tarzda namoyish etiladi.
Avvalroq NASAning “Perseverance” roveri Mars sayyorasining eng qiziqarli geologik nuqtalaridan biriga yetib borgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring