NASA Marsda hayot izlarini qanday topmoqchi?

NASAning “Perseverance” roveri Mars sayyorasining eng qiziqarli geologik nuqtalaridan biri — “Krokodillen” deb nomlangan hududga yetib bordi. Olimlarning taʼkidlashicha, ushbu mintaqada Marsning eng qadimgi tosh qatlamlari joylashgan boʻlib, ular sayyoraning ilk geologik davrlariga oid suv muhiti va ehtimoliy hayot izlari haqida muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi mumkin.
“Krokodillen” — Norvegiyadagi togʻ zanjiri sharafiga nomlangan va “timsoh” maʼnosini anglatadi. Bu hudud “Jezero” krateri qirgʻogʻi va undan tashqaridagi tekislik oʻrtasida joylashgan toshli mintaqani qamrab oladi.
Eng qiziqarli tomoni — bu yerdagi toshlar tarkibida loy minerallari, olivin va karbonat moddalari aniqlangan. Loy faqat suyuq suv ishtirokida shakllanadi, demak, milliardlab yillar avval ushbu hudud suv bilan qamrab olingan boʻlishi mumkin. Yerda loylar organik birikmalarni saqlashda eng samarali tabiiy muhit hisoblanadi. Bu esa Marsdagi ehtimoliy qadimgi biosignaturalarni aniqlash imkonini beradi.
NASAning Janubiy Kaliforniyadagi reaktiv harakat laboratoriyasida “Perseverance” loyihasi boʻyicha muvaqqat ilmiy rahbar Keti Stek Morganning taʼkidlashicha, hozirda 7 ta boʻsh namuna qobigʻi qolgan va jamoa ularni ehtiyotkorlik bilan saqlamoqda.
“Perseverance” roveri — NASA tomonidan Mars sayyorasini oʻrganish uchun yuborilgan eng ilgʻor moslama hisoblanadi. U 2020-yil 30-iyulda uchirilgan va 2021-yil 18-fevralda “Jezero” krateriga muvaffaqiyatli qoʻngan. Rover Mars geologiyasi, klimati va hayotga yaroqlilik xususiyatlarini oʻrganish, shuningdek, kelajakda Yerga olib kelinishi mumkin boʻlgan tosh va tuproq namunalarini yigʻish kabi vazifalarni bajaryapti.
Bu missiya NASAning kelgusida insonlar tomonidan Marsni zabt etish yoʻlidagi keng koʻlamli tadqiqot dasturining muhim qismi hisoblanadi. “Krokodillen” kabi qadimgi mintaqalarni oʻrganish orqali olimlar Marsning uzoq oʻtmishi va ehtimoliy hayot tarixini anglashga yanada yaqinlashishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring