Kosmonavtlar ilk bor orbital stansiyada barbekyu tayyorladi
Videodan kadr
Xitoyning “Shenchjou-20” va “Shenchjou-21” missiyalari aʼzolari ilk bor “Tyangun” orbital stansiyasida maxsus kosmik duxovka yordamida barbekyu tayyorladi. Bu haqda “Global Times” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, kosmonavtlar yangi qurilma yordamida 28 daqiqada taom tayyorlashga muvaffaq boʻlgan. Ular missiya qoʻmondoni Chen Dun uchun tovuq qanotlari va steyk pishirgan. Solishtirish uchun, 2020-yilda Xalqaro kosmik stansiyada (MKS) oʻtkazilgan sinovda shunga oʻxshash pechenyeni tayyorlash uchun 130 daqiqa talab etilgan edi.
Hozirda “Tyangun” stansiyasida 24-aprelda yetib kelgan “Shenchjou-20” ekipaji faoliyat yuritmoqda. Tarkibdagi uch kosmonavtdan Chen Dun bu safarni karyerasidagi uchinchi parvoz sifatida amalga oshirmoqda. Unga Chen Chjunjuy va Van Sze hamrohlik qilmoqda — ular uchun bu ilk kosmik parvozidir.
Xitoy “Tyangun” milliy orbital stansiyasini 2021-yilda qurishni boshlagan va uning asosiy moduli “Tyanxe” oʻsha yili aprel oyida orbitaga chiqarilgan. Stansiyaning toʻliq yigʻilishi 2022-yil 3-noyabrda yakunlangan. Bugungi kunda u T-shakldagi tuzilmaga ega boʻlib, uchta moduldan iborat: “Tyanxe”, “Ventyan” va “Mentyan”. Stansiyaning umumiy ogʻirligi taxminan 70 tonna, yashash maydoni esa 110 kub metrni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring