Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Singapur bilan hamkorlik qilinadi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Singapurga amaliy tashrifi amalga oshirilmoqda.
Delegatsiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentlili, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari kiritilgan.
Tashrifdan asosiy maqsad — ikki davlat korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Singapurning sohadagi ilgʻor tajribasi bilan yaqindan tanishish va maqbul yechimlarini milliy amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Safar doirasida Singapur Bosh prokuraturasi, Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi, PSB Akademiyasi, Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: Singapur korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilgʻor tajribaga ega boʻlib, tegishli reytinglar boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinni egallagan davlat hisoblanadi. Xususan, Transparensy International xalqaro nohukumat tashkilotining 2022-yil yakunlari boʻyicha Korrupsiyani qabul qilish indeksida Singapur 180 ta davlat orasida 5-oʻrinni egallagan.
Tashrifning birinchi kuni Singapurning Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi va Bosh prokuratura vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish, bu borada aksilkorrupsiya byurosi va prokuratura organlarining roli, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish tizimi kabi qator muhim masalalarda muzokaralar oʻtkazildi.
Uchrashuv soʻnggida tomonlar hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va muntazam tajriba almashish amaliyotini yoʻlga quyish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
Tashrifning birinchi kuni delegatsiya aʼzolari shuningdek, Singapur Turizm menejmenti instituti vakillari bilan uchrashib, Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarini oʻqitish boʻyicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring