Koronavirusga qarshi vaksina qancha muddat infeksiyadan himoya qilishi maʼlum qilindi
Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ikki yildan ortiq vaqt davomida koronavirusdan himoya qila oladi.
Bu haqda Rossiyaning N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg aytib oʻtdi.
“Biz allaqachon mavjud tajriba dalillari bilan tasdiqlangan juda katta umidga egamiz: ushbu platformada yaratilgan vaksinaning taʼsir qilish muddati bir necha oy, hatto bir yil emas, balki kamida ikki yil va undan koʻproq vaqtni tashkil qiladi”, deydi u.
Maʼlumki, Rossiya dunyodagi birinchi boʻlib koronavirusga qarshi vaksinani roʻyxatdan oʻtkazdi. “Sputnik V” deya nomlangan ushbu preparat N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring