Кoronavirus: Yaponlar nega karantinga rioya qilmayapti?
Foto: www.google.com
Qonga singgan tozalik
Koronavirus sababli deyarli barcha mamlakatlarda odamlarga qoʻllarini yuvib yurish, niqob taqish kabi tavsiyalar berilmoqda. Ammo bular Yaponiyada odatga aylanib boʻlgan. Bir faktga eʼtibor bering, yaponlar koronavirus paydo boʻlishidan avval yiliga 5,5 milliard dona niqob ishlatishgan. Bu har bir fuqaroga oʻrtacha 43 donadan niqob toʻgʻri keladi degani. Jamoat transportida yursangiz, juda koʻp niqob taqqan odamlarni koʻrish mumkin edi. Yaponlar uchun har kuni choʻmilish, qoʻlni nam sochiqchada artish, imkon boʻlishi bilan qoʻlni yuvish kundalik odatga aylanib boʻlgan.
Yaponlar qoʻl berib koʻrishmaydi. Ular oʻz odatiga koʻra taʼzim bilan salomlashadi. Bu esa virus yuqish ehtimolini kamaytiradi. Virus juda koʻp holatlarda qoʻldan qoʻlga oʻtadi.
Keling, bir boshidan sanaymiz.
1. Gigiyena.
Yaponiyada boʻlganlar bilishadi, bu yerda odamlardan, umuman hech narsadan hid tarqalmaydi. Albatta, qandaydir hid seziladi va bu odatda odamlar sepgan yengil atir hidi boʻladi. Chunki yaponlarda kuniga uch marta dush qabul qilish oddiy holat (kamida ikki marta). Imkon tugʻilganda qoʻlni yuvish ham odatga aylangan.
2. Yaponlar tez-tez kiyimlarini almashtirishadi.
Ich kiyimlarini esa kuniga bir necha martagacha yangilashadi.
3. Odamlarga tegish beodoblik hisoblanadi. Qoʻl berib koʻrishish, quchoqlashish juda yaqin odamlar oʻrtasidagina kuzatiladi. Har qanday holatda salomlashish uchun taʼzim ishlatiladi.
4. Oraliq masofa.
Yaponlar hayotning har jabhasida oraliq masofani ushlashga odatlangan. Doʻkondagi navbatda, jamoat transportida, bankomat oldida hech kim qulogʻingiz tagida nafas olmaydi. Agar imkon boʻlsa, 1 metrdan koʻproq oraliq masofa saqlanadi.
5. Sanitar tozalash.
Qandaydir virus xavfi chiqqan vaqtda emas, umuman butun yil, kun davomida Yaponiyada hamma yer tozalab turiladi. Jamoat joylari, jamoat transportlari, odam koʻp toʻplanadigan yerlar doim tozalab, yuvib turiladi.
6. Hojatxonalar.
Butun mamlakatda hojatxona tekin va ular aql bovar qilmas darajada toza. Har qanday binoda toza hojatxonaga kirib yuvinib olishingiz, kiyimlaringizni, hatto ich kiyimlaringizni almashtirib olishingiz mumkin.
7. Hamma doʻkonlarda qoʻl yuvish uchun rakovina va suyuq sovun bor.
8. Doʻkonlardagi barcha yeguliklar selofan qopchalarga oʻralgan boʻladi. Hatto sabzavotlar bitta-bitta oʻrab qoʻyiladi. Shokolad olsangiz, u avval germetik selofan bilan, keyin yaltiroq qogʻoz bilan oʻralgan boʻladi.
9. Yaponlar kasal boʻlsa, albatta, niqob taqadi. Buning uyat tomoni yoʻq. Hech kim uni qoʻlini bigiz qilib koʻrsatmaydi.
10. Yaponlar boshqa mamlakatlarga borishni xushlamaydi. Ularga dunyo xavfli boʻlib koʻrinadi.
11. Yaponiyada yeguliklar sifati juda baland va ular qisqa vaqtli yaroqlilik muddati bilan chiqariladi. Yaponiyada yeguliklar sifatiga talab baland, chunki ular pishirish yordamida kam taom tayyorlaydi. Shu sabab yeguliklar sifati shunchalik balandki, ularni ikkilanmay xom holatda yeyish mumkin. Yeguliklarga ularni xom holatda yeyish mumkin deb yozib ham qoʻyiladi.
12. Yaponlar juda koʻp harakat qilishadi. Ular doim sport bilan shugʻullanishi katta yoshda ham tetik boʻlishini taʼminlaydi.
13. Yaponlar orasida semiz odamni deyarli uchratmaysiz. Hatto katta yoshlilar orasida ham. Ayniqsa, semiz ayolni deyarli koʻrmaysiz.
Sohibjon Abdullayev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring