Koronavirus qaysi kasb egalari uchun eng xavfli — Statistika

23:13 12 May 2020 Dunyo
1234 0

Qorovullar, haydovchilar, oshpazlar va tibbiyot xodimlari boshqalarga qaraganda koʻproq koronavirus infeksiyasi tufayli eng koʻp hayotdan koʻz yummoqda.

Xuddi shunday xulosaga Buyuk Britaniya milliy statistika xizmati tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot yakunida kelindi. Tadqiqot uchun Angliya va Uelsda mehnatga layoqatli (20-64 yosh) fuqarolar oʻrtasidagi koronavirus tufayli 2494 ta oʻlim holati toʻgʻrisidagi statistika asos qilib olingan.

Unga koʻra, vafot etganlarning uchdan ikki qismi erkaklar (1612 kishi) boʻlib, ushbu guruhdagi oʻlim darajasi har 100 ming kishiga 9,9 ta, ayollar orasidagi 100 ming kishiga esa 5,2 ta oʻlimni tashkil etgan.

Tadqiqot davomida koronavirus infeksiyasining ushbu qurbonlari orasida eng himoyasiz ishchi toifasi sifatida erkak soqchilar (qorovullar) ekanligini aniqlangan. Ushbu guruhdagi oʻlim darajasi har 100 ming kishiga 45,7 oʻlimni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich taksi va boshqa yengil avtomobillar haydovchilari orasida 36,4 ta, oshpazlar orasida 35,9 ta, avtobus haydovchilari orasida 26,4 tani tashkil etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер