Koronavirus faolligini toʻsadigan ziravor aniqlandi

13:21 13 Oktyabr 2020 Dunyo
1152 0

Qora qalampir tarkibidagi piperin moddasi “SARS-CoV-2” koronavirusining koʻpayishi va inson tanasiga kirib borishini toʻxtatishga qodir.

Xuddi shunday xulosaga Hindiston texnologiya instituti olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot yakunida kelindi.

Tadqiqotchilar 30 ta ziravorning virus bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganishdi. Kompyuter modellashtirish yordamida ularning hammasi u yoki bu darajada S proteini (virusning mezbon hujayra retseptoriga birikishiga yordam beradi) va asosiy protez (virusni koʻpaytirish uchun javob beradi) bilan bogʻlanishini aniqladilar.

Yakunda ushbu ziravorlar ichida qora qalampirda bir qator ijobiy natijalar maʼlum boʻlgan. Piperin qora qalampirning oʻtkir taʼmi va xushboʻyligi uchun javobgardir.

Ushbu tadqiqotda munosabat bergan rus olimlariga koʻra, mazkur mexanizmni nafaqat kompyuter modelida, balki hayotda ham sinab koʻrish kerak. Buning uchun haqiqiy tajribalar kerak boʻlishini bildirgan mutaxassislar qalampir virus va shamollashga qarshi hamda immunitetni oshirishga qodir ziravor ekanligini istisno etishmagan.

“Qalampirning xususiyatlari koʻp jihatdan tarkibidagi birikmalarning virusli zarralar va bakteriyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro taʼsiri bilan emas, balki organizmning himoya xususiyatlarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq”, - deydi Lobachevskiy universiteti Biologiya va biotibbiyot instituti direktori Mariya Vedunova.

Olimlarning taʼkidlashicha, oshqozon-ichak trakti, gipertoniya va allergiya bilan bogʻliq muammolari bor odamlar uchun ushbu ziravorning aks taʼsirlari boʻlishi mumkin. Shuning uchun ular qalampirni biologik faol qoʻshimchalar bilan isteʼmol qilishgani maʼqul.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?