Konservatoriyaning Nukus filialiga rahbar tayinlandi
Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 186-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi.
Bugun Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari B.Axmedov boshchiligida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ikkinchi tashkiliy masala koʻrildi. Unga koʻra, hozirda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida faoliyat yuritib kelayotgan dotsent Rudakiy Allanbayev Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialiga direktor etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, Nukus filialiga yangi oʻquv yiliga qabul jarayonlari Konservatoriya binosida tashkil etilib, 2022-2023 oʻquv yili mashgʻulotlari Nukus filialining oʻz binosida olib boriladi", deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring