Konor Makgregor Irlandiya prezidenti lavozimiga oʻz nomzodini ilgari surmoqda
UFCʼning ikki vazn toifasidagi chempioni Konor Makgregor kelayotgan oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan Irlandiya prezidentligi saylovlarida oʻz nomzodini koʻrsatish niyatida ekanini maʼlum qildi. Bu haqda u Instagramʼdagi sahifasida post qoldirdi.
“Agar mening ismim prezidentlik saylovlari byulletenida koʻrinishini istasangiz, mahalliy kengash aʼzolariga murojaat qilib, nomzodimni koʻrsatishlarini soʻrashingizni qatʼiy tavsiya qilaman”, — dedi Makgregor.
Avvalroq irlandiyalik sportchi oʻzining saylovlarda ishtirokini “taʼminlab boʻlganini” aytgan edi. Biroq uning familiyasi mahalliy kengashlardan qoʻllab-quvvatlash izlayotgan nomzodlar roʻyxatidan oʻrin olmagan.
Maʼlumot uchun, byulletenga kirish uchun Konor Makgregor kamida 20 nafar parlament aʼzosi yoki toʻrtta mahalliy/tuman kengashining qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻlishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring