Kongressmenlar Trampdan Ilon Maskni davlat ishidan chetlashtirishni talab qildi

17:41 10 Aprel 2025 Dunyo
360 0

Foto: Reuters

AQSH Demokratik partiyasi kongressmenlari mamlakat prezidenti Donald Trampga 30-maygacha milliarder va tadbirkor Ilon Maskni davlat ishidan chetlatish talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda demokratlarning tegishli maktubida aytib oʻtildi.

“Siz 30-maygacha Ilon Maskni hukumat lavozimidan chetlashtirishingiz kerak”, — deyiladi maktubda.

Demokrat Greg Kasarning aytishicha, demokratlar milliarderni isteʼfoga chiqarishga majbur qilish uchun “barcha huquqiy va siyosiy vositalar”, shuningdek, jamoatchilik bosimi kuchiga ega.

Avvalroq, “Politico” nashri Donald Tramp oʻzining yaqin doiralarini Ilon Maskning davlat xizmatidan ketishi haqida yaqin haftalarda xabardor qilgani haqida xabar bergan edi. Bu maʼmuriyatning baʼzi amaldorlari va ittifoqchilari “uning oldindan aytib boʻlmaydiganligidan hafsalasi pir boʻlganligi va milliarderni siyosiy javobgarlik sifatida koʻrishi” bilan izohlangan.

Shu yilning 1-aprel kuni Oq uy rahbari Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi idorasi “qaysidir nuqtada” oʻz faoliyatini toʻxtatishi kerakligini aytdi. U tadbirkorni “iqtidorli yigit” deb atadi va oʻz lavozimida yana 130 kun qolishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?