Konferensiya kun tartibida Farg‘ona vodiysida fan va texnologiyalar yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari
Foto: «Xalq so‘zi»
Namanganda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yillik yubileyi hamda Farg‘ona vodiysida fan va texnologiyalar yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti mezbonligi ostida, Fanlar Akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda akademiklar, vodiy viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va yetakchi professor-o‘qituvchilari, yosh olim hamda tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Anjumanda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Fan va texnologiyalarni jadal rivojlantirishda fizika, texnika va matematika fanlarining o‘rni va ahamiyati beqiyos ortib bormoqda. Bunda ayni yo‘nalishda mehnat qilayotgan soha mutaxassislari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar katta rol o‘ynayapti. Hususan, hukumat qarori bilan “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika”, qo‘shma “Xalqaro quyosh energiyasi instituti”, “Yuqori texnologiyalar markazi” kabi yangi ilmiy-tadqiqot institutlari ochilgani buning yaqqol tasdig‘idir. Bu o‘z navbatida mamlakat xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan, ilm-fanni talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va natijadorlikni ta’minlash imkonini bermoqda.
Ikki kun davom etgan anjuman kun tartibidagi muhokamalar chog‘ida ayni yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy - tadqiqot ishlari samarasi, taklif etilayotgan loyihalar mazmun-mohiyatiga soha vakillari e’tiborini qaratish orqali mavjud muammolarga ilmiy tomondan yechim topishga e’tibor qaratildi.
Konferensiya yakunlariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-innovasion yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan, fundamental va amaliy grant loyihalari bo‘yicha xalqaro tanlovlarda birgalikda ishtirok etish, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish orqali do‘stona aloqalarni yanada kengaytirish, ilm-fanni yanada rivojlantirish asnosida ishlab chiqarish korxonalaridagi dolzarb masalalarni ilmiy jihatdan hal etish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring