Komissiyalar aʼzolari oʻquv mashgʻulotlariga jalb etilmoqda

19:25 12 Iyun 2023 Jamiyat
781 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Ayni paytda poytaxtimizdagi saylov uchastkalarida “Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi” doirasida oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Jumladan, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida 710-sonli saylov uchastkasida Olmazor tumanida joylashgan saylov uchastkalari raislari, oʻrinbosarlar va aʼzolar uchun oʻquv seminar oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar davomida OʻzMU professor-oʻqituvchilari, tuman hokimligi masʼullari, “Demokratiya va inson huquqlar instituti” NNT vakillari hamda ekspertlar tomonidan tayyorlangan “Saylov qonunchiligi va amaliyoti boʻyicha oʻquv-amaliy qoʻllanma” asosida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonun hujjatlari, saylov komissiyalari va ularning vakolatlari”, “Saylovchilar roʻyxatlari bilan ishlash”, “Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni jihozlash va muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish”, mavzularida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.

Bu kabi seminarlar poytaxtimizning Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, Mirobod, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida ham oʻtkazildi.

                                                                    Akbarjon ABDURAIMOV,

Demokratiya va inson huquqlar instituti” NNT vakili.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?