Komissiya aʼzolari odamlar kayfiyatini oʻrganish uchun Qoraqalpogʻiston voqealarining asosiy maydoniga aylangan Nukus shahridagi markaziy dehqon bozoriga bordilar
Bozorga tashrif davomida Komissiya aʼzolari savdogarlar va mahalliy aholi bilan suhbatlashdilar. Komissiya aʼzolarining taʼkidlashicha namoyishda qatnashgan aholi biror bir aniq maʼlumotga ega boʻlmasdan roʻy berayotgan voqealarga boʻlgan ichki qiziqish hissi taʼsiriga tushib qolganligini bildirishgan.
Shuningdek, savdogarlar namoyishdagi voqealar mahalliy aholi tomonidan amalga oshirilmaganligi, mamlakat tinchligini buzishni istovchi kuchlar taʼsiri tufayli vaziyat jiddiylashganini aytishdi. Namoyishdan soʻng savdogarlar maʼlum vaqt davomida qoʻrqib bozorga chiqishmagan.
Hozirda bozorda tinchlik barqaror, hammasi oʻz oʻrniga tushgan. Savdogarlar va xaridorlar xotirjam oʻz ishlari bilan band. Narx-navoning sunʼiy oshib ketmasligini oldini olish maqsadida arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilgan.
Komissiya aʼzolari Qoraqalpogʻistonda oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring