Koʻmir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
Yakshanbaga oʻtar kechasi Boshqirdiston Respublikasida temir yoʻlning Iglino-Dema qismida koʻmir ortilgan 22 ta yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi.
“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yil 3-noyabr kuni kechasi Boshqirdiston Respublikasida 28-km – 21-pochta uchastkasida koʻmir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Holatga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun voqea joyiga Dema stansiyasidan qutqaruv poyezdi joʻnatildi. Qayd etilishicha, poyezdlar jadval asosida harakatlanadi, kechikishlar yoʻq.
Favqulodda hodisa joyiga tergov guruhi joʻnab ketdi. Ufa transport prokuraturasi temir yoʻl transporti harakati xavfsizligi va ekspluatatsiyasi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring