Koʻkdaladagi yongʻinda 4 kishi halok boʻldi
Illyustrativ foto
Bugun, 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yirik yongʻin sodir boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa oqibatlari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:40 da Koʻkdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan aholiga gaz toʻldirish stansiyasi hududida yoqilgʻi saqlash rezervuarida chaqnash va undan soʻng yongʻin kelib chiqqanligi boʻyicha FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan soʻng, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 15:00 da oʻrab olingan va soat 15:35 da toʻliq oʻchirilgan.
Bunga qaramasdan, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaroning halok boʻlgani maʼlum qilindi.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Bundan tashqari, hodisa yuz bergan joyga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi bir guruh tajribali mutaxassislar yuborilgani aytildi.
Bu “zapravka”lardagi yongʻin tufayli odamlar halok boʻlgan birinchi holat emas. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlarga sabab boʻlgan, 2024-yil 17-dekabr kuni Fargʻona shahrida joylashgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasida yuz bergan portlash tufayli 4 kishi hayotdan koʻz yumgan edi.
Boshqa bir holatda, joriy yilning 7-may kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan portlashda 3 kishi halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring