Koʻkdalada Davlat xizmatlari markazi oʻz faoliyatini boshladi
Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat koʻkdalaliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endilikda ushbu markaz orqali fuqarolar 250 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Koʻkdala tuman davlat xizmatlari markazi 180 000 dan ortiq tuman aholisiga xizmat koʻrsatish uchun qulay sharoitga ega.
Tuman davlat xizmatlari markazida tashrif buyuruvchilarning farzandlari uchun bolalar maydonchasi ham tashkil etilgan.
Bundan tashqari, nogironligi boʻlgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, markaz binosiga kirishda alohida yoʻlakchalar bilan taʼminlangan. Hozirgi kunga qadar markazga tashrif buyurgan nogironligi boʻlgan shaxslarga xodimlar tomonidan navbatsiz davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Albatta, bunday ish koʻlami jarayonida xodimlar, xizmat oluvchilar uchun markazning avvalgi binosi torlik qilgan. Endi bunday noqulayliklar ortda qoldi.
Bino 2 qavatdan iborat boʻlib, zamonaviylik hamda milliylikni oʻz ichiga olgan.
— Markaz avvalgiday ikkinchi emas, birinchi qavatda joylashgani yoshi ulugʻlar va nogironlar, kasalmandlar uchun yaxshi boʻlibdi, – deydi mehnat faxriysi Abdusamad bobo. — Toʻloviniyam shu yerda qilasiz, nevara bilan kelsam bolalarniyam maydonchada oʻynatib ketsak boʻladi.
Markazda 12 ta davlat xizmati koʻrsatish uchun qabul oynasidan tashqari, elektron navbat, kutish manzili, 4 ta monitor, toʻlov amalga oshirish uchun kassa, bolalar maydonchasi, kitob javoni, majlislar xonasi mijozlar xizmatida. Shuningdek, adliya xizmati koʻrsatish uchun alohida hudud va arxiv maʼlumotlari saqlash xonalari mavjud.
Bu barcha tashrif buyuruvchilarning kelib chiqishi yoki sharoitlaridan qatʼiy nazar, kerakli xizmatlardan bir xil darajada foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, markazda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilganini ham taʼkidlash lozim.
Koʻkdala tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazining qurilish ishlari yakunlangandan soʻng, tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Koʻkdala ahliga birinchi kundan davlat xizmatlari koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.
Markaz binosida fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatish uchun 12 ta davlat xizmatlari markazi operatorlari tashkil etilgan. Fuqarolar toʻlovlar amalga oshirishlari uchun paynet shoxobchasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Markazda fuqarolarning navbat asosida davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun "Qmatic" elektron navbat jihozlari bilan taʼminlangan.
Shuningdek, markazga tashrif buyuruvchilarning navbat kutish davrida, vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 4 ta telemonitorlar oʻrnatilgan boʻlib, ushbu monitorlardan fuqarolarning kayfiyatiga ijobiy taʼsir etilishi uchun klassik musiqalar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda shartnoma asosidagi tadbirkorlarning faoliyati haqidagi reklama roliklar qoʻyib borilmoqda.
Tuman aholisiga yana bir qulaylik yaratish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish bilan bir qatorda, ushbu markaz binosida adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi , fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimlari hamda notarius ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Bu bilan fuqarolarning huquqiy masalalardagi mavjud muammolarini bir binoning oʻzida hal etishlariga zamin yaratildi.
Tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022-yil may oyidan 2023-yil iyun oyiga qadar jami 21 346 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Shundan, tadbirkorlik subyektlari yaʼni 1 754 tasi jismoniy shaxs, 822 tasi yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazilishiga erishilgan.
Davlat xizmatlari markazida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmati koʻrsatish namunali yoʻlga qoʻyilgan. Markazda murojaatchilar uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Tartibli navbat joriy etilgan. Murojaatchilar markazda oʻrnatilgan maxsus infokioskda ERI (elektron raqamli imzo) kaliti orqali bemalol foydalanish, kerakli maʼlumotnomani esa shu infokioskning oʻzida chop qilib olish imkoniyatiga ega.
Sayyor xizmatlar koʻrsatish maqsadida maxsus jihozlangan avtomobillar mavjud. Markazga kelgan fuqarolar bu yerda yaratilgan sharoitlar va koʻrsatilayotgan xizmatlardan mamnun.
Koʻkdala tuman davlat xizmatlari markazida murojaatchilar uchun yetarlicha sharoit yaratilgan. Tartibsiz navbatlar uchramaydi. Markazga oʻrnatilgan infokiosk soz holatda ishlab turibdi. Koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun belgilangan toʻlovlarni amalga oshirish uchun markazning oʻzida bank shoxobchasi tashkil etilgan.
Bugungi kunda ham markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 250 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda. Shuningdek, haftaning shanba va yakshanba kunlari tumanning olis hududlardagi mahalla fuqarolar yigʻinlari, taʼlim maskanlarida sayyor uchrashuvlar, targʻibotlar hamda sayyor roʻyxatdan oʻtkazish ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring