“Kirk” toʻfoni: Fransiyada minglab aholi elektrsiz qoldi
“Kirk” toʻfoni Gʻarbiy Yevropada bir qancha noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda. Xususan kuchli yomgʻir tufayli daryolar sathi koʻtarilgan.
Parij atrofidagi shaharlar suv ostida qoldi. Aholi koʻchalarda tizzagacha suvda yurishmoqda. Magistral yoʻllar va shahar yoʻllari suv ostida. Avtomobillar harakatlana olmayapti. Er va Luar hamda Sena va Marna departamentlarida qizil ogohlantirish darajasi eʼlon qilindi. Koʻpgina maktablar yopilgan. Er va Luar departamentida 860 ta qutqaruv operatsiyasi oʻtkazildi. Sena va Marna departamentida chorshanba kunidan beri 180 kishi evakuatsiya qilingan.
Fransiyada noqulay ob-havo tufayli 12 kishi jabrlandi. Bu haqda mamlakat IIV xabar berdi.
“Kirk” tropik boʻroni 30-sentyabr kuni Atlantika okeanining markaziy qismida, Kabo-Verde janubi-gʻarbida vujudga kelgan. Toʻfon Fransiyaga “tropik depressiya” sifatida yetib keldi. Respublikada 9-oktyabr eng yomgʻirli kun boʻldi. Yomgʻirlar milliy assambleyani (Fransiya parlamentining quyi palatasi) suv ostida qoldirdi. 64 mingdan ortiq odam elektr energiyasiz qoldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring