“Kinoga bagʻishlangan umr” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Oʻzbekitson Respublikasi Kinematografiya agentligida Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan Firuza Ahmedxoʻjayevaning “Kinoga bagʻishlangan umr” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Kitob taniqli kinorassom, “Ulugʻ vatan urushi II darajali ordeni” sohibi Nizom Nuriddinov va “Doʻstlik” ordeni sohibi, rassom Qahramon Nuriddinovlarning hayoti haqida hikoya qiladi.
Maʼlumot uchun, Nizom Nuriddinov “Alisher Navoiy”, “Fargʻona qizi” filmlarida va “Ravshan va Zulhumor” spektaklida postanovkachi rassom boʻlib ishlagan. “Suyunchi”, “Kelin uzatish”, “Xotira xiyoboni” kabi koʻplab filmlar yaratilishida ishtirok etgan.
Qahramon Nuriddinov “Oltin teri”, “Qor qoʻynida lola”, “Togʻlardagi aks-sado”, “Oq bino oqshomlari”, “Toʻy”, “Layli va Majnun”, “Afandi va Azroil”, “Advokat” (2002, Rossiya), “Umar Hayyom” (2003, Gollivud) kabi 70 ga yaqin filmlarda postanovkachi rassom vazifasida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring